Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Xususiy bandlik agentliklari” uyushmasi o‘rtasida xorijda ishlash istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari bandligini ta’minlashga doir anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, texnikumlar va xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos maqsadli kadrlar tayyorlash, shuningdek, chet tillari o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Memorandumda shuningdek, xorijda ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun maqsadli uchrashuvlar o‘tkazish, ularga tavsiya va yo‘nalish berish, texnikumlarda tashqi mehnat bozori talablariga mos zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etish nazarda tutilgan.