Texnikum bitiruvchilari OTMning 2-bosqichidan oʻqishi mumkin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi


Hukumatning 2022-yil 11-yanvar kunidagi 17-sonli qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati bilan quyida tanishishlari mumkin: