Bilimni baholash agentligi xabariga ko‘ra, test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
- 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
- 2️-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13 avgust kuni to‘liq yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yili uchun OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.