Telefondan voz kechgan maktabga 300 mln so‘m beriladi


  • Bu yangilikni Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyat maktablari uchun ilgari surgan.

Hokim "Telefonsiz maktab" tashabbusini ilgari surdi.

"Telefonsiz maktab" degan tashabbusni amalga oshirgan maktabga 300 million so‘m pul beraman. Gap-so‘zsiz. Men pul beraman, shu ishni qilganlarni rag‘batlantirmoqchiman. Pulni qanday sarflash maktabning ixtiyorida.

Eslatma: O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, o‘quvchilar maktabga kirishdan oldin telefonlarini o‘chirishlari, undan dars vaqti foydalanmasliklari kerak.