Toshkent davlat agrar universiteti sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi oliy ma`lumotni olish istagida bo'lgan fuqarolarni o'qishga taklif etadi


Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 25 iyuldagi 4-son bayoni qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetiga 2017-2018 o‘quv yili qabulidan tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitish elementlarini qo‘llagan holda sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olish uchun rozilik bildirilgan.

Shu sababli universitet sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olish istagini bildirgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi. Hujjatlar 2017 yil 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Sirtqi ta`lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olish quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Rektor nomiga ariza;

oliy ma`lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta`lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

№ 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma`lumotnoma;

Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Murojaat uchun telefonlar: 03712605066; +998977518103

e-mailtdau_qabul@edu.uz

Shifri

Ta’lim yo‘nalishlari nomi

1

5230100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

2

5230400

Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

3

5230900

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

4

5410100

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

5

5410200

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

6

5410300

O‘simliklar himoyasi va karantini

7

5410400

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

8

5410500

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabkiishlash texnologiyasi

9

5410600

Zootexniya (turlari bo‘yicha)

10

5410800

O‘rmonchilik va aholi yashashjoylarini ko‘kalamzorlashtirish

11

5410900

Ipakchilik

12

5411000

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

13

5411100

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

14

5411200

Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

15

5420100

Qishloq xo‘jaligida menejment

16

5440100

Veterinariya