Surxondaryo viloyatida Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali, Termiz davlat universitetining Denov filiali hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari 2018 yil 1 fevraldan faoliyatini boshlaydi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida yangi oliygohlar ishga tushishi xabar berilgandi. Ma`lum qilinishicha, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi mobaynida poytaxtdagi ikkita oliygohning Termiz filiallari tashkil etilishi haqida aytib o‘tilgan.