Bu haqda Kun.uz muxbiri Surxondaryo viloyati hokimligi tarqatgan ma`lumotga tayanib xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Qumqo‘rg‘on tumani XTB qarashli 54 va 30 umumta`lim maktablarda, Denov pedagogika kollejida ayni holat yuzasidan soxta hujjatlar tayyorlangani aniqlangan edi. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bergan mutasaddi vakillari, mazkur ta`lim muassasalari rahbarlarini lavozimida bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida ma`lumot bergan.Endilikda Denov tumani 46 umumta`lim maktabida bir kun ham ishlamagan fuqaro Xurshida Mingaliyeva muassasa direktori bilan jinoiy til biriktirib, soxta hujjatlar bilan TerDU maxsus sirtqi bo‘limiga talabalikka qabul qilingani aniqlandi.
Keltirilgan dalillarga to‘liq iqror bo‘lgan maktab direktori Elmurod Boysariyev 35 yillik mehnat faoliyati davomida birinchi marta soxta hujjatlarga imzo qo‘yganini bildirib, pushaymon ekanini aytdi.
«Bu ishga umuman qo‘l urmaganman. Hujjatlar Denov kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori Shokir Sattorovning iltimosi bilan tayyorlangandi», deydi Boysariyev.
Tabiiyki, savol paydo bo‘ladi: Mingaliyevaning kollej direktori Shokir Sattorovga nima aloqasi bor?! Aniqlanishicha, Xurshida Mingaliyeva ushbu kollejda 2018 yil 1 fevral kundan buyon psixolog lavozimida 0,5 stavka bilan ishlab kelmoqda. Vaholanki, xodimning ishga olingani haqidagi qaydlar buyruqlar daftariga kiritilmagan.
Aslida, Mingaliyeva mazkur kollejda 2011 yil 1 martdan boshlab laborant texnik vazifasiga ishga qabul qilingan. Biroq, u 2014 yilda 46 umumta`lim maktabida ishlashini ta`kidlab yolg‘on ko‘rsatmalar berishda davom etmoqda.
Kun.uz axborot manbasi yetkazgan ma`lumotga ko‘ra, Xurshida Mingaliyeva ayni paytda talabalar safidan chetlashtirilgan.