Sirtqi ta’lim necha yil bo‘lishi kerak?


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonliOliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi” nizomida oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi, maxsus sirtqi va kechki taʼlim shakllarida oʻqitish tartibi belgilangan. Ushbu nizom hozir ham amalda.

Nizomning yettinchi bandiga koʻra, sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish muddati:

  • sirtqi shaklda — kamida 5 yil;
  • maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil;
  • ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. (Oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kursidan boshlanadi).

Endi KIUT universiteti qanday qilib barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi shaklini 4 yil, maktabgacha ta’limda esa 3 yil o‘qitayotganiga izoh berishi kerak. Qaysi qonun hujjatlari asosida bir yil kam ta’lim berayotgani barchaga qiziq albatta.

Jumladan, talabalar tomonidan "bizga berilgan diplom o‘tmaydimi?" degan savollarga javob bersak;

Universitetda qaysi qonunga ko‘ra bunday ta’lim shakli tashkil etilgani asoslab berilsa va bu huquqiy asosga ega bo‘lsa muammo yo‘q.

Xususan, KIUT matbuot xizmatini munosabat berishda hissiyotlarga berilmasligi hamda ma’lumotlar almashinuvida hamkorlikka chorlab qolamiz.