Samarqandda yangi universitet ochiladi


2018−2019-o‘quv yilida Samarqandda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida xabar berildi.

OTMni ochish tashabbusini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Sindaodagi ShHT sammitida ilgari surgan edi.

«Bu yerda turizm sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar dars o‘tib, bizning barcha davlatlarimizdan talabalar tahsil olishi mumkin», — degan edi davlat rahbari.

Dastavval OTMda 100 kishi, asosan O‘zbekiston fuqarolari ta’lim oladi. Kelgusi o‘quv yilidan ShHTga a’zo davlatlardan abituriyentlar qabul qilinadi, deya qayd etdi Davlat turizm qo‘mitasi.

Manba: xabar.uz