Rossiyaning Olmaliqdagi universiteti abituriyentlarni taklif etadi


Rossiyaning Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Federal davlat muqobil oliy ta`lim muassasasi «MISiS» milliy tadqiqot texnologik universitet talaba bo‘lishni va nufuzli xorijiy ta`lim maskanida ilm olishni istagan abituriyentlarni 2018-2019 o‘quv yilining kunduzgi bo‘limi uchun quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e`lon qiladi:

- 21.05.04 «Tog‘ ishi» (ta`lim yili – 5,5 yil) 75 o‘rin  

- 22.03.02 «Metallurgiya» (bakalavriat – 4 yil) 50 o‘rin

- 09.03.02 «Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish» (bakalavriat – 4 yil) 25 o‘rin

Zaruriy hujjatlar to‘plami:

• Universitet rektori nomiga ariza, shaxsan to‘ldiriladi;

• Pasport va nusxasi;

• Ma`lumoti bo‘yicha hujjat (attestat, diplom);

• Abituriyentning erishgan natijalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

• №086-U shaklli tibbiy ma`lumotnoma (rus tilida);

• abituriyentning 3,5 X 4,5 o‘lchamdagi 6 dona fotosurati

Ta`lim rus tilida olib boriladi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 2018 yil 1 iyuldan 25 iyulgacha ertalab soat 9-00dan 17-00gacha davom etadi.

Universitet manzili: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, A.Temur ko‘chasi 37

(Olmaliq tog‘-kon kasb-hunar kolleji).

Qabul komissiyasi telefoni: +998706151052

Boshqa qiziqtirgan ma`lumotlarni www.misis.uz saytida olish mumkin.