Rossiya xorijlik abituriyentlar uchun kvotalarni oshirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yaqin xorijlik yoshlarning Rossiyada ta'lim olishi MDHdagi sheriklar bilan hamkorlikning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Rossiya xorijlik abituriyentlar uchun kvotalarni oshirdi, deb xabar berdi «Aziya v Tsentre» Telegram-kanali.

Xabarda aytilishicha, Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri Valeriy Falkov hukumat a'zolari ishtirokidagi yig‘ilishda mamlakat oliy ta'lim muassasalarida o‘qish uchun xorijlik abituriyentlardan talab o‘sganligini qayd etdi.

«Pandemiya va boshqa salbiy omillarga qaramasdan, xorijlik abituriyentlarning Rossiya oliy ta'lim muassasalarida o‘qishga qiziqishi yuqori bo‘lib turibdi. Shu sababli xorij fuqarolarining o‘qishi uchun kvotalar sonini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu yerda yaqin qo‘shnilarimiz — Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchi hisoblanadi», — dedi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yaqin xorijlik yoshlarning Rossiyada ta'lim olishi MDHdagi sheriklar bilan hamkorlikning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

«Ammo bu mamlakatlarda rus tili o‘qitilishini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim», — dedi Putin.