Davlat qabul komissiyasining 2019 yil 31 yanvardagi 15-son majlis bayoniga binoan, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun test bo‘yicha muvofiq keluvchi fanlar majmuasi quyidagicha belgilandi:
- Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha — 3,1 ball;
- Chet tili fani bo‘yicha — 2,1 ball;
- Tarix fani bo‘yicha — 1,1 ball.
TDYuU ma’muriyati ham ushbu o‘zgarishni tasdiqladi. Ularning ta’kidlashicha, talabalarda yurist kadrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash hamda ulardan foydalanish, huquq normalarini sharhlash va qo‘llash kabi bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish uchun til bilish qobiliyati, shu jumladan xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish zarur. Shu sababli fanlar taqsimoti o‘zgargan.