Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni oʻtkazish vaqti maʼlum bir muddatga surildi. Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining oʻtkazilishi joriy yil sentyabr oyining birinchi yarimida rejalashtirilmoqda.