2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, pedagog tayyorlovchi oliygohning qo‘shma ta’lim dasturida o‘qiyotgan talaba hamkor xorijiy OTMda o‘qish davri uchun to‘lov-kontraktini to‘lamaydi, mazkur summa davlat budjetidan qoplab beriladi. Bunda talabaga 3 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, bu jarayonda dastlab qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.
So‘ng tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan istalgan bo‘g‘indagi davlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari)da kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.