Qaysi OTMlarda eng yuqori kirish ballari bo‘ldi?


Oliy ta’lim muassasasiga kirish ballarining qanchalik yuqori ekanligi unga hujjat topshirayotgan abituriyentlarning bilim darajasi, qaysi soha bo‘yicha raqobatning kuchli ekanligini ko‘rsatadi . «Maʼrifat» gazetasida 2018–2019 o‘quv yili uchun qaysi OTMda ball ko‘rsatkichi qancha bo‘lganligini ko‘rsatuvchi maqola e’lon qilindi.

Davlat test markazi ma’lumotlari asosida tayyorlangan maqolaga ko‘ra, respublika bo‘yicha eng yuqori kirish ballari quyidagi OTMlarda qayd etilgan:

Davlat granti asosida:

Toshkent davlat yuridik universiteti – 218.1;

Jahon iqtisodiyoti va diplomati universiteti – 188.4;

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 185.1;

Buxoro davlat tibbiyot instituti – 166.4;

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti – 163.6.

To‘lov-shartnoma asosida:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 164.1;

Toshkent davlat yuridik universiteti – 162.3;

Toshkent davlat stomatologiya instituti – 160.0;

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 157.7;

Toshkent tibbiyot akademiyasi – 156.9.

P.S.: Adashmasam, bu yerda faqat o‘zbek guruhlarining balli ko‘rsatilgan, rus guruhlarida kirish balli nisbatan pastroq bo‘lgan.

P.S-2: Bu yerda yana bir narsani qo‘shimcha qilib ketish kerakki, ballarning balandligi o‘sha OTMga topshirgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlar soni bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki aynan ular o‘zlarining 50%lik imtiyozlari bilan ballarni «potolok» bo‘lishiga olib kelar edi. Xayriyatki, joriy yildan bu tafovut bekor bo‘lish arafasida turibdi.

P.S.-3: Ko‘rsatilgan ballarda biroz xatolik borga o‘xshaydi. Masalan, Yuridik universitetga davlat grantiga kirish balli (o‘zbek guruhlar uchun) 223,5 ball bo‘lgandi.

Manba: Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanali