2016/2017-o‘quv yilidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalariga asosan, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning viloyatlar kesimidagi umumiy ko‘rsatkichi quyidagi jadvalda keltirilgan:
№ | Hudud nomi | Talabalar soni |
1 | Samarqand v. | 7707 |
2 | Qashqadaryo v. | 7047 |
3 | Farg‘ona v. | 6704 |
4 | Toshkent sh. | 6414 |
5 | Buxoro v. | 5216 |
6 | Qoraqalpog‘iston R. | 4597 |
7 | Surxondaryo v. | 4319 |
8 | Toshkent viloyati | 4225 |
9 | Namangan v. | 4107 |
10 | Andijon v. | 3834 |
11 | Xorazm v. | 3660 |
12 | Navoiy v. | 3379 |
13 | Jizzax v. | 3088 |
14 | Sirdaryo v. | 1578 |
Jami | 1578 |
O‘tayotgan o‘quv yilida test sinovi natijalariga ko‘ra va Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga taqdim etilgan test qaydnomalariga muvofiq, 65875 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng katta ko‘rsatkich Samarqand viloyati (7707), Qashqadaryo viloyati (7047), Farg‘ona viloyati (6704) va Toshkent shahri (6414)da qayd etilganligini ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich yakuniy emasligini eslatib o‘tamiz. Sababi, bu ko‘rsatkichga:
-
test sinovi qaydnomalari taqdim etib bo‘lingandan keyin ajratilgan qo‘shimcha o‘rinlar;
- turli imtiyoz shaklida ajratilgan o‘rinlar;
- to‘lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi asosida qabul qilinganlar;
- viloyatlarning ba’zi mutaxassisliklarga bo‘lgan o‘tkir ehtiyojini hisobga olgan holda ajratilgan o‘rinlar kiritilmagan.
Davlat test markazi tomonidan taqdim etilayotgan ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilganda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar faqat o‘zining hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalariga emas, balki boshqa hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganini ham unutmaslik lozim.