Uch shaharda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi" loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish mo‘ljallanmoqda. Bunda:- 2022 yil Qarshi shahrida;
- 2023 yil Nukus shahrida;
- 2024 yil Urganch shahrida
Bu borada hududlarda kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, kadrlarga talab mavjud bo‘lgan hududlarda hokimliklar bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali tashkil etish uchun moddiy texnika bazasini yaratish, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida o‘quv jarayonini tashkil etish, davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga kiritish rejalashtirilgan.
Mas'ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, viloyat hokimliklari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.