Qabul 2021-2022: Diniy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘ladi?


Joriy 2021–2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazish reja qilinmoqda:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

– Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;

– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.


Hadis ilmi maktabiga:

– Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 3,1 – 93 ball;

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;

– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy taʼlim muassasalariga:

– Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;

– Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;

– Maʼnaviyat va maʼrifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.


Maʼlumot uchun, o‘tgan yili yurtimizda pandemiya sabab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy taʼlim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi. Unga ko‘ra Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish uchun “O‘zbekiston tarixi" va “Fiqh va aqoid" fanlari, Hadis ilmi maktabida “O‘zbekiston tarixi" va “Hadis va Mustalahul hadis" fanlaridan, shuningdek, o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalariga “Tarix" va “Xorijiy til"bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi