Professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlanadi


Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun tanlov jarayoni 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustgacha (10 kun davomida) davom etadi. Bu muddat ichida abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasini (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlik to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.