«Prezident maktablari» ta’lim standarti kelajakda barcha maktablarda joriy qilinishi lozim — Shavkat Mirziyoyev


Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim va internet texnologiyalar sohasi doirasida o‘tkazilgan videoselektor davomida «Prezident maktablari»da qo‘llanilayotgan ta’lim metodikasi kelajakda barcha umumta’lim maktablari uchun joriy qilinishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

— «Prezident maktablari» bizning kelajagimiz. Men nima uchun bu maktablarni namuna darajasida qilyapman – kelajakda bu maktablar ta’lim standartlari umumta’lim maktablariga, ta’lim tizimiga tushishi kerak, lokomotivga aylanishi kerak.

Prezident maktablarining ta’lim metodikasi barcha umumta’lim maktablarida qo‘llanishi lozim. Hududlardagi maktablarda ta’lim sifati ixtisoslashtirilgan maktablardagidan qolishmasligi kerak, — dedi davlat rahbari.