Prezident qarori: “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi


“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
  • raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
  • yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
  • o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
  • tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.