Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Prezident maktablariga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
talabgorning:
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
- fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
- ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
- baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo‘lishi lozim.
2023-2024 o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.