O'zbekistonda yana ikki koreys universiteti filiali ochiladi


O‘zbekistonda Janubiy Koreyada katta obro‘ga ega Ajou universiteti hamda Pohang politexnika universitetining filiali ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi, Respublika Investitsiya davlat qo‘mitasi hamda Janubiy Koreya tomoni o‘rtasida tuzilgan kelishuv yakunida ma`lum qildi.

Unga ko‘ra, Pohang politexnika universiteti umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollariga teng loyiha asosida O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etadi. Shuningdek, Suvon shahrida joylashgan Ajou universiteti ham O‘zbekistonda o‘z filialiga ega bo‘ladi.

1973 yilda tashkil topgan Ajou universiteti ayni paytda 9ta fakultetda talabalar bilim berib, asosan tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarga yo‘naltirilgan.


Manba: kun.uz