O‘zbekistonda yana 2 ta oliygoh tashkil etilishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida 21 iyul kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. Viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, kelajakda rejalashtirilgan loyiha va fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

Mamlakatimiz rahbari kadrlar masalasiga to‘xtalarkan, Chirchiq shahrida pedagogika instituti faoliyatini qayta tiklash, Olmaliqda Rossiya bilan hamkorlikda metallurgiya yo‘nalishida oliy ta’lim dargohini tashkil etish taklifi bildirildi.