Andijon, Namangan, Guliston, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch davlat universitetlarining pedagogikaga ixtisoslashgan tuzilmalari alohida ajratilib, mustaqil pedinstitutlarga aylantirilyapti. Chirchiq va Jizzaxdagi pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.
Prezident “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
“Nigoh" telegram-kanali xabariga ko‘ra, hujjat bilan pedagogika yo‘nalishida 10 ta oliygoh tashkil etilmoqda. Ular quyidagilar:
- Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
- Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
- Guliston davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
- Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
- Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
- Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
- Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
- Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
- Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
- Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti.