Prezidentning “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM ro‘yxati (35 ta) tasdiqlandi.
Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:
- kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
- mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
- o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
- xorijiyan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
- bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
- avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.
Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.