O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar soni ma’lum qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 159 ta, shu jumladan, Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shundan:
- universitet — 28 ta;
- institut — 47 ta;
- akademiya — 3 ta;
- konservatoriya — 1 ta;
- filial — 26 ta;
- xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
- nodavlat OTM — 24 ta.
Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
- Madaniyat vazirligi - 9 ta;
- Badiiy akademiya - 1 ta;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
- Adliya vazirligi - 2 ta;
- Transport vazirligi - 1 ta;
- Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
- Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
- Qurilish vazirligi - 2 ta;
- Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
- Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
- Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1 ta;
- Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta.
Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.