O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan OTM ro‘yxati tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan top-1000 talikka kirgan OTM ro‘yxatini tasdiqladi.

Unda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari joy olgan.

Ushbu ro‘yxat 2025 yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi. Yangi ro‘yxatdan 3004 ta oliygoh o‘rin olgan.

Top-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

Buyuk Britaniyaning Times Higher Education-THE reyting tashkiloti 22 yanvar kuni World University Rankings 2025 by Subject fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim tashkiloti ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan e’lon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.