O‘zbekistonda 72 ta yangi ta'lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi


Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tez sur'atlarda rivojlanayotgan va malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud sohalar hamda ular uchun zarur bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari aniqlandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, kelgusi yillarda quyidagi 8 ta soha uchun 72 ta yangi ta'lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:

1. Muhandislik ishi;

2. Ishlab chiqarish texnologiyalari;

3. Arxitektura va san'at;

4. Psixologiya, sotsiologiya va jurnalistika;

5. Sog‘liqni saqlash;

6. Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasi;

7. Baliq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi;

8. Pedagogika va gumanitar fanlar.