O'zbekistonda 2022-yilda 11 ming nafardan ziyod maktab bitiruvchisi oltin va kumush medallari bilan taqdirlandi


2022-yilda 11 ming nafardan ziyod bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta'lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimiga qarashli umumta’lim maktablari soni 10 104 tani tashkil etadi.

Mazkur ta’lim muassasalarida:

- 6,4 mln nafar o‘quvchi tahsil oladi;

- 509 mingdan ortiq o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.

2021-2022-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini 920 498 nafar bitiruvchi tamomladi. 

Shundan:

- 530 249 nafar o‘quvchiga 9-sinfni tugatganlik to‘g‘risida;

- 390 249 nafar o‘quvchiga 11-sinfni tugatganlik to‘g‘risidagi shahodatnomalar topshirildi.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining 11 275 nafari, jumladan:

- 9 370 nafar iqtidorli bitiruvchisi — oltin medal;

- 1 905 nafari — kumush medallar bilan taqdirlandi.