O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistratura bosqichida o‘qishga talabgorlar uchun qabul boshlandi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mavjud mutaxassisliklari bo‘yicha 2021 yilning 1 iyulidan Magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishni maqsad qilgan talabgorlardan hujjat qabul qilish boshlandi.

2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistratura bosqichida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda.

  • 5А120302 – Tarix (Islom sivilizatsiyasi);
  • 5А120603 – Qiyosiy dinshunoslik;
  • 5А120701 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha);
  • 5А160107 – Islomshunoslik;
  • 5А160201 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
  • 5А210201 – Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi);
  • 5А220401 – Axborot xavfsizligini boshqarish;
  • 5А230201 – Menejment (Ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish).

Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan qo‘shimcha savollarga Akademiyada tashkil etilgan «Call-markaz» orqali batafsil javob olishi mumkin.

Magistratura bosqichiga hujjatlarni qabul qilish elektron platforma orqali masofaviy tarzda tashkil etiladi.

Qabul vaqti soat 9:00 dan 17:00 ga qadar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida «Call-markaz» faoliyati ishga tushirilgan.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali «Call-markaz» bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Murojaatlar uchun:

☎️ (71) 244-00-42,

☎️ (71) 244-50-76,

☎️ (71) 244-96-13

☎️ (71) 244-94-67

☎️ (71) 244-95-93).

“Call markaz" faoliyati dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).