O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida hijob bilan ta’lim olish mumkin


O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida hijob bilan ta’lim olish mumkin. Bu haqda Islom akademiyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga asoslangan holda Azon.uz ma’lum qildi.

O‘zbekiston Xalqaro islom Akademiyasi tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylangan post rus tilida bo‘lib, unda xorijlik talabalar ham ta’lim muassasasi qabuliga hujjat topshirayotgani haqida ma’lumot berilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri ushbu post ostiga «Bu akademiyada hijobda o‘qish mumkinmi?» degan savol(sharh)ni yozib qoldiradi.

O‘zbekiston Xalqaro islom Akademiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida rasman ushbu javobni bergan: «Assalomu alaykum. Ha, mumkin. Bosh kiyim borasida hech qanday taqiqlar yo‘q, asosiysi akademiyaning forma bo‘yicha qoidalariga rioya qilish: pastga qora kiyim, tepaga oq kiyim».

Manba: xabar.uz