Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida talabalarning daromad topishida tashkil etilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, OTMlardagi bo‘sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, to‘garaklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish kerakligi ta’kidlangan.
Prezident Farg‘ona davlat universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi institutini misol qilib keltirgan. Jumladan, FarDUda:
- umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari tashkil etilib, ularda 125 nafar;
- adras, milliy kiyimlar, kulolchilik sexlari, dorivor o‘simliklardan shifobaxsh damlamalar tayyorlashda 18 nafar;
- “Do‘stlik", “Oqbilol" agrouchastkalari va Quvasoy shahridagi o‘quv poligonlarida chorvachilik, asalarichilik, gulchilik, anorchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik hamda biogumus yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, 36 nafar talabaning bandligi ta’minlangan.