O‘zbekiston Milliy Universiteti qabul natijalari


O‘zbekiston Milliy Universitetiga 2017-2018 o‘quv yilida 34 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1395 nafar abituriyentni talabalar safiga qabul qilinadi, shundan 399 (28.61%) nafari davlat granti- byudjet asosida o‘qishga qabul qilinsa, 996 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bu yil oliygohga jami 13824 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bitta o‘rin uchun 9.9 nafar abituriyent bilimlari yordamida sinashadilar.

Eng ko‘p talaba Fizika yo‘nalishi (5140200) bo‘yicha qabul qilinadi, ya’ni 85 ta talaba. Eng kam esa Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili (5120114), Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili (5120113), Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (5630100), Arxivshunoslik (5220300), Sotsiologiya (5210100), Gidrometeorologiya (5140700) yo‘nalishlarida 15 tadan talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Abituriyentlardan eng ko‘p arizalar tushgan yo‘nalish bu - Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) (5120300) yo‘nalishi bo‘lib, ushbu yo‘nalishga jami 982 ta ariza kelib tushgan, eng kam esa - Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili (5120114) yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘nalish uchun 89 ta hujjat topshirgan.

Bitta o‘rin uchun eng ko‘p hujjat topshirilgan yo‘nalish bu - Milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (5111600) bo‘lib, bitta o‘rin uchun 22.6 ta abituriyent kurash olib boradi, eng kam raqobat Matematika (5130100) yo‘nalishida bo‘lib, bitta o‘rin uchun 4.9 ta abituriyent kurash olib boradi.

Universitetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari, arizalar soni haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz quyidagi manzilga tashrif buyuring.

O‘zbekiston Milliy Universiteti