O‘zbekiston Belarus bilan harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi


Joriy yilning 25-28-mart kunlari O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Belarus Respublikasining Harbiy akademiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Muloqot davomida, O‘zbekiston-Belarus harbiy bilim yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning yo‘nalishlari belgilab olindi.


Tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va harbiy san’atning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalari bo‘yicha harbiy-ilmiy (ilmiy-amaliy) anjumanlarni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi vakillari Belarus Harbiy akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kursantlarning sifatli ta’lim olishi, yashashi va mazmunli hordiq chiqarishi, shuningdek harbiy-ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Manba: xabar.uz