O‘zbek-koreys ta'lim loyihasi: Toshkent axborot texnologiyalari kolleji va Puchon Universiteti hujjatlar qabulini boshladi


Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida (TATKHK) qabul qilish komissiyasi “Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish" deb nomlangan yangi fakultetga talabalarni qabul qilish jarayonini boshladi. 

Hujjatlarni qabul qilish 2019 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi, o‘quv kursi 2019 yilning mart oyida boshlanadi.

Yangi “Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish" fakulteti – Puchon Universiteti (Janubiy Koreya) va Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining qo‘shma loyihasi.

“Kasb-hunar ta'limi sohasida xalqaro hamkorlikning maqsadi jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish, XXI asr – bilim va axborot asri talablariga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar yetishtirishdan iborat. Dizayni va jihozlanishi bo‘yicha yangi fakultet auditoriyalari va laboratoriyalari Puchon Universitetida qabul qilingan standartlarga mos keladi. Ta'lim yuqorida aytib o‘tilgan universitetning pedagogik texnologiyalariga yaqin ravishda olib boriladi, ikkinchi bosqichda esa talabalar Puchon Universitetining ayrim professorlari bilan tanishadilar", – deydi TATKHK direktori Dmitriy Li.

O‘quv rejasi Puchon Universiteti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining standartlariga moslashtirilgan. Dasturda koreys tilini kuchaytirilgan ravishda (boshidan boshlab) o‘rganish nazarda tutilgan bo‘lib, talaba ikki yil ichida TOPIK ning 3-darajasiga tayyor bo‘ladi.

O‘qishning 1 va 2-bosqichlari Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tadi. O‘qish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. TATKHKda o‘qish muvaffaqiyatli tamomlanganidan so‘ng, bitiruvchiga mahalliy namunadagi diplom beriladi.

2-bosqichni tamomlagandan so‘ng, koreys tili bo‘yicha 3-darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlardan a'lo va yaxshi baho olgan TATKHK talabalari Puchon Universiteti 3-bosqichi bakalavr yo‘nalishiga imtihonsiz olinadi. 4-bosqich bitiruvchi talabalarga Janubiy Koreya Respublikasida o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi beriladi.

TATKHKda o‘qishning bir yillik to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shartnoma tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi va umumiy qiymati 2000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Qabul komissiyasi faoliyati bir oy mobaynida, 2019 yilning 15 yanvaridan 15 fevraliga qadar quyidagi manzil bo‘yicha davom etadi: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 7 (TATKHK). O‘qishga kirishni xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:


o‘rta ma'lumot to‘g‘risida diplomning asl nusxasi.

086 shakldagi tibbiy ma'lumotnoma.

ro‘yxatdan o‘tgan joy (propiska) ko‘rsatilgan holda pasport nusxasi.

ariza.