OTMlarda sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralari ochiladi


2019-2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tegishli oliy ta'lim muassasalari (OTM) bilan birgarlikda sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralari ochiladi. Prezidentning 22 fevraldagi 5667-sonli "Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida shu haqida ma'lum qilingan. Kun.uz shu haqda yozmoqda.

Hujjatga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab respublika “Ijtimoiy fikr" markazining buyurtmanomalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talabalari tegishli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tishi uchun muntazam ravishda "Ijtimoiy fikr" markaziga yuboriladi.

Respublikadagi tegishli oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish choralari ko‘riladi.

Bundan avval Prezidentning Sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi farmoni haqida xabar berilib, unda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi etib qayta nomlangani ma'lum qilingan edi.