OTMlarda shubhali holatlar aniqlandi


Hisob palatasi oliy ta’lim tizimidagi muassasalar faoliyatini o‘rganmoqda.

Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan shubhali holatlar joyiga chiqib o‘rganilganda, 2 ta oliy ta’lim muassasida 22,5 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirilganligi aniqlandi.

Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan ish haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqcha olingan 21,0 mlrd so‘m naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlarni tuzish orqali o‘zlashtirilgan.

Xuddi shunday, Jizzax politexnika institutida 1,5 mlrd so‘m mablag‘lar plastik kartochkaga o‘tkazish orqali o‘zlashtirilgan.

Buxgalteriya xizmati mas’ullari tushuntirish xatlarida yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larni o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatib o‘tgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘zlashtirilgan mablag‘larni o‘z joyiga tiklash va huquqiy baho berish uchun belgilangan tartibda Bosh prokuraturaga yuborildi.