OTMga imtiyozli kirish uchun yana bir imkoniyat yaratildi


«Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–150-son, 02.03.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi rahbarligida 10-11 sinf o‘quvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat «Vatan tayanchi» otryadlari tuziladi. O‘quvchilar unga ixtiyoriy a’zo bo‘ladi.

2022/2023 o‘quv yilidan «Vatan tayanchi» harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni a’lo baholarga tamomlagan har bir «Vatan tayanchi» otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladi.

Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.