“Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot" kanali xabariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan:
- davlat OTMlarida ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;
- o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar taklifi asosida Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
- davlat OTM magistraturasiga qabul abituriyent bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.
OTMga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.