OTMda o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmay turib ham oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganingizni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasini olishingiz mumkin.

Buning uchun YaIDXPda avtorizatsiyadan o‘ting va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldiring. Ushbu ma’lumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron ko‘rinishida YaIDXPdagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi. Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasini olish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/369