Joriy yil 1-noyabr kuni prezidentning "Muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorlarning “ustoz-shogird" an’analari asosida hududlardagi yosh tadbirkorlarga ko‘maklashishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, “Yoshlar daftari" jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan o‘rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, OTMlarning 3 va 4-kurs talabalari hamda bitiruvchilarini ishga qabul qilganlarga har bir xodim uchun yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari (27 mln so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.
Bunda byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno.
Mazkur subsidiya har bir bitiruvchi (talaba) ga nisbatan qo‘shimcha ravishda 10 nafar xodimga ega ish beruvchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shuningdek, Moliya vazirligi 2023-yildan boshlab, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligining hisob-kitoblariga muvofiq Agentlikka Davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini hamda kelgusi yil byudjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlar nazarda tutilishini ta’minlaydi.