O‘rta-maxsus o‘qituvchilar OTMning sirtqi bo‘limiga qabul qilinadi


Maktablardagi o‘rta-maxsus o‘qituvchilar OTMning bakalavriat sirtqi bo‘limiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Hukumatning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, o‘rta-maxsus o‘qituvchilar mos bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lishi va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Qayd etilishicha, maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., pasport seriyasi va raqami, JShIR, pedagogik ish staji, ish yuritadigan ta’lim muassasasi va hududi) Xalq ta’limi vazirligining dasturiy kompleksi – ERP axborot tizimidan Davlat test markazining maxsus dasturi (my.dtm.uz)ga integratsiya qilish orqali aniqlanadi.