O‘qishga kirish bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi


«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Loyihaga ko‘ra, 2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari 2017/2018-o‘quv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oshirilishi mumkin.

Fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanoma olgan abituriyentlar hamda haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan va tegishli sertifikatni olgan yigitlarni oliy ta’lim muassasasiga alohida kvotalar bo‘yicha qabul qilish nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.


Manba:
xabar.uz