O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni e’lon qilindi


O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etgan?

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 30,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston — 11 409 nafar
  • Rossiya — 7 301 nafar
  • Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar
  • Turkiya — 2 195 nafar
  • Janubiy Koreya — 1 839 nafar
  • Qozog‘iston — 1 372 nafar
  • Buyuk Britaniya — 693 nafar
  • Xitoy — 672 nafar
  • AQSH — 486 nafar
  • BAA — 295 nafar
  • Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.