Olmaliqdagi filial: o‘qitish Rossiya universiteti dasturlari bo‘yicha, diplom namunasi ham


Olmaliqda Rossiya «MISiS» universiteti filiali ochilishi haqida xabar bergan edik. Bu bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga binoan, ushbu filial Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalish(mutaxassislik)lari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanishi qayd etildi.

Shuningdek, filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda «MISiS» MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshirilishi; abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi «MISiS» MTTU tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi; filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan «MISiS» MTTUning belgilangan namunadagi diplomi berilishi belgilandi.


Manba: xabar.uz