Olmaliqda “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi


Olmaliq shahrida Rossiyaning “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS" filiali o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur ta`lim dargohida respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.

2018-2019 o‘quv yilining kunduzgi bo‘limi uchun «Tog‘ ishi», «Metallurgiya», «Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish» yo‘nalishlarida 150 nafar talaba qabul qilindi.

Ushbu oliy ta`lim dargohida ta`lim berish jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiyadagi va xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bo‘lgan rossiyalik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Rossiyada oliy ta`lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS" MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

 

Manba: kun.uz