Oliy yuridik ta'lim uchun qabul kvotalari oshiriladi


2018 yil uchun Davlat dasturi yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olgan deb xabar bermoqda Norma.uz sayti.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik instituti universitetgaaylantirildi. Endi bu yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida mamlakatimizdagi tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 5 soha mutaxassisliklari (faoliyat yo‘nalishlari) bo‘yicha ta’lim berishni amalga oshiradi, ular: davlat-huquqiy faoliyat; fuqarolik-huquqiy faoliyat; jinoiy-huquqiy faoliyat; xalqaro-huquqiy faoliyat; tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi). Bir vaqtning o‘zida TDYUU ta’lim berishning modulli tizimi joriy etilgan ilk milliy oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

Mamlakatimizda yuristlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish davom ettiriladi. Xususan, joriy yilning aprel oyida quyidagi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan Prezident Farmoni loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan:

  • yurisprudensiya sohasida yirik va nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarini respublikaga jalb qilish;
  • yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasini oshirish. Ma’lumot uchun, oxirgi marta oshirilganidan keyin 2017 yilda TDYUU bakalavriatiga qabul kvotasi 600 nafarni tashkil etdi.
  • Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv-metodik bazasini kengaytirish.

Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2018 yilda kuchga kirdi.