Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi: yaqin yillarda oliy ta'limda ochiladigan yo‘nalishlar


Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, zamon talabi va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda kelgusi yillarda bir qator sohalar bo‘yicha ta'lim yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi:

Muhandislik ishi:

tibbiyot tizimlari, asboblari va buyumlari;

payvandlash texnologiyasi va jihozlari;

sovitish, kirogen texnikasi va mo‘'tadillash;

yog‘ochni qayta ishlash sanoati mashinalari va jihozlari;

oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari;

uchuvchisiz aviatsiya komplekslarining texnik va texnologik ekspluatatsiyasi;

elektr tizimlari va tarmoqlari;

neft-gaz sanoati mashina va jihozlari;

amaliy-kosmik texnologiyalar;

uchish apparatlari va dvigatellaridan texnik foydalanish;

ko‘tarish-tashish, yo‘l-qurilish mashinalaridan foydalanish;

mahsulot sifati menejmenti;

neft va gaz quduqlarini burg‘ilash;

strategik obektlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi;

temiryo‘l infratuzilmasi obektlarini loyihalash va qurish.

Sog‘liqni saqlash:

jismoniy reabilitatsiya va ergoterapiya;

allergologiya va immunologiya;

anesteziologiya-reanimatologiya;

gematologiya;

bolalar kardioxirurgiyasi;

bolalar onkologiyasi;

bolalar xirurgiyasi;

bolalar endokrinologiyasi;

bolalar nefrologiyasi;

bolalar oftalmologiyasi;

intervension kardiologiya;

klinik radiologiya;

tibbiyot genetikasi;

kosmetoloiya;

psixoterapiya;

plastik xirurgiya.

Ishlab chiqarish texnologiyalari:

kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar;

yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi;

funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi;

konservalash texnologiyasi;

nanotexnoloiya (tarmoqlar bo‘yicha);

sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boshqaruvi;

raqamli iqtisodiyot.

Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish:

strategik rejalashtirish;

reklama ishi;

turizm geografiyasi va ekskursiyaviy menejment;

jismoniy sog‘lomlashtirish va turistik rekreatsion faoliyat;

sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy madaniyat;

sportning texnik va amaliy turlari;

aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish;

uy-joy, kommunal va maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari servisi.

Arxitektura va san'at:

urbanistika, shaharsozlikni rejalashtirish;

arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi;

san'at sohasida prodyuserlik;

arxitekturaviy muhit dizayni;

sanoat dizayni;

landshaft dizayni.

Psixologiya, sotsiologiya va jurnalistika:

amaliy psixologiya;

yoshlar psixologiyasi;

psixologik xizmat faoliyatini boshqarish;

ijtimoiy psixologiya;

klinik psixologiya;

oilaviy munosabatlar psixologiyasi;

kasbga yo‘naltiruv psixologiyasi;

yoshlar bilan ishlashni tashkil etish;

ommaviy kommunikatsiyalar sotsiologiyasi;

tizimli tahlil va prognozlashtirish;

harbiy jurnalistika.

Baliq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi:

sanoat baliqchiligi;

baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi;

tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan ratsional foydalanish.

Pedagogika va gumanitar fanlar:

maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi;

tarix va ekskursiya-o‘lkashunoslik ishi;

texnologiya ta'limi (amaliy va ijodiy ko‘nikmalar);

sinxron tarjima (tillar bo‘yicha);

madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta'minoti (tillar bo‘yicha);

noshirlik ishi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining axborot berishicha, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida bir qator oliy ta'lim muassasalarini bosqichma-bosqich moliyaviy barqarorlikka erishishning yangi tizimiga o‘tkazishni rejalashtirgan. Birinchi bosqichda mustahkam huquqiy baza ishlab chiqiladi va OTM o‘z jamoasini tayyorlaydi. Pedagoglarni o‘quv-metodik va moliyaviy tomondan ta'minlaydi. Bu jarayon vazirlik tomonidan nazorat qilib boriladi.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlarga davlat tomonidan qator imtiyozlar beriladi. Jumladan, 2022 yilning 1 yanvariga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan manbalardan qo‘shimcha daromad oluvchi, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan davlat oliy ta'lim muassasalari undirib olinadigan barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, OTM bilan o‘zaro kelishuv va qo‘shma dasturlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan xorijiy OTM mamlakatda amalga oshirayotgan ta'lim faoliyati doirasida barcha soliqlardan ozod etiladi.