Mutaxassislik fanlar blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?


Ma’lumki, OTM kirish imtihonlarida abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalishga mos fanlar majmuasiga ko‘ra, qaysidir mutaxassislik blok fanlaridan test topshirishadi.

Kirish imtixonlariga samarali tayyorlanish hamda yuqori natijani egallashni istaganlar abituriyentlarga ushbu DTM tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar albatta yordam beradi.

Mutaxassislik fanlariga qanday tayyorlanish kerak? Qaysi mavzulardan nechta test tushadi? Keling, foiz kesimida ko‘rib chiqamiz:

1⃣ Ona tili va adabiyot
- Ona tili - 60 %;
- Adabiyot - 40 %.

2⃣ Matematika:
- Sonlar va ular ustida amallar - 25 %;
- Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %;
- Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%;
- Geometriya - 30%.

3⃣ Tarix:
- Siyosiy tarix - 50-60%;
- Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %;
- Madaniy hayot - 10-15 %;
- Amaliy topshiriqlar - 20-25 %.

4⃣ Fizika:
- Mexanika - 35 %;
- Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid
topshiriqlar) - 25 %;
- Elektromagnitizm - 30 %;
- Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%.

5⃣ Biologiya:
- Botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi - 40%;
- Sitologiya, genetika, seleksiya, gen va hujayra biotexnologiyasi - 30 %;
- Evolyusion taʼlimot, ekologiya va biosfera asoslari
– 30 %.

6⃣ Kimyo:
- Umumiy kimyo - 40%;
- Noorganik kimyo - 25 %;
- Organik kimyo - 15 %.
- Yuqoridagi boʻlimlar asosidagi topshiriqlar - 20 %.

7⃣ Geografiya:
- Tabiiy geografiya - 40%;
- Iqtisodiy va imtimoiy geografiya - 40 %;
- Amaliy topshiriqlar – 20 %.

8⃣ Chet tili (ingliz, nemis fransuz):
- Grammatika - 45 %;
- Oʻqib tushunish - 45 %;
- Leksika - 10 %.